Multilevel imtihoni: format va bo'limlar
Chet tili milliy sertifikati imtihoni to'rt bo'limdan iborat. Har bo'lim 75 ballik shkalada baholanadi, umumiy natija bo'yicha daraja B1, B2 yoki C1 beriladi.
Listening35 savol · 6 qism
Reading35 savol · 5 qism
Writing3 topshiriq
Speaking3 qism
Listening (35)
| Qism | Topshiriq |
|---|---|
| 1 (1–8) | Qisqa suhbatlar: savolga uchta javobdan birini tanlash |
| 2 (9–14) | Matn bo'yicha bo'sh joylarni to'ldirish |
| 3 (15–18) | E'lon yoki qisqa matnlarni bayonotlar bilan moslash |
| 4 (19–23) | Bir necha kishining fikrini moslash |
| 5 (24–29) | Suhbat yoki intervyu bo'yicha savollar |
| 6 (30–35) | Ma'ruza bo'yicha bo'sh joylarni to'ldirish |
Reading (35)
| Qism | Topshiriq |
|---|---|
| 1 (1–6) | Matndagi bo'sh joylarga so'z qo'yish |
| 2 (7–14) | E'lonlar va qisqa matnlarni bayonotlar bilan moslash |
| 3 (15–20) | Matn qismlariga sarlavha tanlash |
| 4 (21–29) | Uzun matn: savollar va to'g'ri, noto'g'ri, berilmagan |
| 5 (30–35) | Uzun matn: moslash va savol |
Writing (3)
| Qism | Topshiriq |
|---|---|
| 1.1 | Do'stga norasmiy xat, taxminan 50 so'z |
| 1.2 | Tashkilotga rasmiy xat, 120–150 so'z |
| 2 | Onlayn muhokamaga fikr: asos va misol bilan, 180–200 so'z |
Speaking (3)
| Qism | Topshiriq |
|---|---|
| 1.1 | Uchta shaxsiy savol |
| 1.2 | Rasmlar bo'yicha savollar |
| 2 | Rasm va uchta savol: 1 daqiqa tayyorgarlik, 2 daqiqa javob |
| 3 | Bahs: tarafdor va qarshi dalillar bilan fikr, 1 daqiqa tayyorgarlik, 2 daqiqa javob |
Darajalar
| Daraja | Ball (75 dan) |
|---|---|
| C1 | 65–75 |
| B2 | 51–64 |
| B1 | 38–50 |
| Yo'q | 38 dan past |
Tillar
Savol-javob
Multilevel qaysi tillarda topshiriladi?
Sinav Multilevel'da ingliz, turk, nemis va fransuz tillari bo'yicha tayyorlanish mumkin.
Multilevel sertifikati necha balldan beriladi?
38 ball va undan yuqori natijaga: B1 38 dan, B2 51 dan, C1 65 dan.
Yozish va gapirish qanday baholanadi?
Imtihon mezonlari bo'yicha avtomatik baholanadi: har mezon uchun ball, izoh va xatolar ro'yxati beriladi.