Asosiy matnga o'tish
Sinav Multilevel

Avtomatik baholash qanday ishlaydi

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 2-oktabr

Platformada javoblar ikki xil tekshiriladi. O'qish va tinglash javoblari javob kaliti bo'yicha tekshiriladi. Yozma va og'zaki javoblar esa sun'iy intellekt texnologiyalariga asoslangan til modellari yordamida imtihon mezonlari bo'yicha baholanadi. Ballarni qo'shish, shkalaga o'tkazish va darajani aniqlash har doim dastur kodida, aniq formulalar bilan bajariladi.

Muhim. Avtomatik baholash natijalari har doim ham aniq bo'lmasligi mumkin. Ular maslahat va ma'lumot uchun beriladi, tayyorgarlik darajangizni taxminan ko'rsatadi va rasmiy imtihon natijasi yoki sertifikat o'rnini bosmaydi. Natijaga e'tirozingiz bo'lsa, bizga yozing — xodimimiz ko'rib chiqadi.

1. Multilevel: o'qish va tinglash

Har bir to'g'ri javob 1 ball. Javob kaliti bilan solishtirishda katta-kichik harf, ortiqcha bo'sh joy va boshidagi yoki oxiridagi tinish belgilari hisobga olinmaydi; variantli savollarda harf yoki variant matni qabul qilinadi. 35 ta savoldagi to'g'ri javoblar soni 0–75 ballik shkalaga o'tkaziladi.

To'g'ri javoblarTinglashO'qish
53332
104141
154847
205555
256363
307271
33–357575
To'liq jadval
To'g'riTinglashO'qishTo'g'riTinglashO'qish
12320185352
22624195454
32827205555
43029215757
53332225858
63434236060
73636246161
83838256363
93939266565
104141276666
114242286868
124444297070
134545307271
144746317373
154847327474
16504933–357575
175152000

Daraja (CEFR)

Ball (0–75)Daraja
65–75C1
51–64B2
38–50B1
20–37A2
0–19A1

To'liq mock imtihonda to'rt bo'lim ballari qo'shiladi (jami 300 ball), daraja esa bo'limlar o'rtachasidan aniqlanadi.

2. Multilevel: yozish

TopshiriqHajmEng yuqori ball
1.1 Norasmiy xattaxminan 50 so'z5
1.2 Rasmiy xat120–150 so'z5
2 Blog yoki maqola180–200 so'z6

So'zlar soni kodda sanaladi

Baholovchiga tayyor son beriladi — u qayta sanamaydi. Talab qilingan hajmdan kam yoki ko'p yozish ballni pasaytiradi.

Har topshiriq alohida baholanadi

Uchala topshiriq bir vaqtda, har biri o'z mezonlari bo'yicha baholanadi. Imtihon tilida yozilmagan topshiriq 0 ball oladi, bo'sh topshiriq baholashga yuborilmaydi.

Ballar kodda qo'shiladi

Har topshiriq bali o'z chegarasida ushlab turiladi, xom ball (eng ko'pi 16) jadval bo'yicha 0–75 shkalaga o'tkaziladi va darajasi aniqlanadi.

Izoh yoziladi

Oxirida umumiy izoh tayyorlanadi; bu bosqich ballarni o'zgartirmaydi.

Qo'lda yozilgan ish rasm orqali yuborilsa, baholovchi avval qo'lyozmani o'qib oladi va ishni bir martada butunligicha baholaydi; bu holda yakuniy ballni baholovchining o'zi chiqaradi.

3. Multilevel: gapirish

QismMazmuniEng yuqori ball
1.13 ta shaxsiy savol5
1.2rasmlar bo'yicha 3 ta savol5
2mavhum mavzu5
3afzallik va kamchiliklar bo'yicha fikr6

4. IELTS

Listening va Reading

To'g'ri javoblar soni (40 tadan; test boshqa hajmda bo'lsa, proporsional hisoblanadi) jadval bo'yicha bandga aylantiriladi. Javoblarda ingliz va amerika imlosi hamda defis yoki bo'sh joy bilan yozilish farqlari qabul qilinadi.

BandListeningReading
9.039–4039–40
8.537–3837–38
8.035–3635–36
7.532–3433–34
7.030–3130–32
6.526–2927–29
6.023–2523–26
5.518–2219–22
5.016–1715–18
4.513–1513–14
4.011–1210–12
3.58–108–9
3.06–76–7
2.54–54–5
2.01–31–3

Writing

Har topshiriq o'zining to'rt mezoni bo'yicha butun bandlarda (0–9) baholanadi: Task 1 — Task Achievement, Task 2 — Task Response, ikkalasida ham Coherence and Cohesion, Lexical Resource, Grammatical Range and Accuracy. Topshiriq bandi — to'rt mezonning o'rtachasi. Yakuniy band kodda hisoblanadi: (Task 1 + 2 × Task 2) / 3, ya'ni Task 2 ikki barobar og'ir.

Speaking

To'rt mezon — Fluency and Coherence, Lexical Resource, Grammatical Range and Accuracy, Pronunciation — butun bandlarda baholanadi; yakuniy band — ularning o'rtachasi. Talaffuz matn asosida taxminiy baholanadi.

Yaxlitlash

Bandlar eng yaqin yarim ballga yaxlitlanadi: .25 → .5, .75 → keyingi butun son (masalan, 6.25 → 6.5, 6.75 → 7.0). To'liq mock imtihonda umumiy band to'rt bo'lim bandlarining o'rtachasidan xuddi shu qoida bilan chiqariladi.

5. Barqarorlik choralari

6. Aniqlik va cheklovlar

7. Inson nazorati va e'tiroz

Baholash natijasiga qo'shilmasangiz, Telegram @sinavmultilevel_bot, elektron pochta info@sinavmultilevel.uz yoki telefon +998 91 428 48 38 orqali yozing: imtihon turi, sana va nima noto'g'ri deb hisoblayotganingizni ko'rsating. Xodimimiz javoblaringiz va tahlilni ko'rib chiqadi va 10 ish kuni ichida javob beradi. O'quv markazlarida natijalarni ustozlar ham ko'rib, o'quvchiga maslahat beradi.

8. Qanday ma'lumot yuboriladi

Baholash uchun faqat topshiriq matni va javobingiz (yoki og'zaki javobning matni, yoki qo'lyozma rasmi) yuboriladi — ismingiz, e-pochtangiz va telefoningizsiz. Ovoz yozuvlari va rasmlar saqlanmaydi. Qaysi xizmatlarga yuborilishi va ular qayerda joylashgani — Ma'lumotlardan foydalanish sahifasida.