Asosiy matnga o'tish
Sinav Multilevel

Ma'lumotlaringiz qayerda ishlatiladi

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 2-oktabr

Bu sahifa Maxfiylik siyosatining amaliy ko'rinishi: har bir ma'lumot nima uchun kerak, qayerda turadi, qancha saqlanadi, kimga yuboriladi va kim uni ko'ra oladi.

Nima qilmaymiz

  • ma'lumotlaringizni sotmaymiz va reklama tarmoqlariga bermaymiz;
  • Google Analytics va reklama-kuzatuv kodlarini ishlatmaymiz;
  • ovoz yozuvlari va qo'lda yozilgan ish rasmlarini saqlamaymiz;
  • ovoz yoki yuz bo'yicha shaxsni aniqlamaymiz (biometrik ma'lumot yig'ilmaydi);
  • baholash xizmatlariga ismingiz, e-pochtangiz va telefoningizni yubormaymiz.

Ma'lumot turlari

Platformaning o'z ma'lumotlar bazasi Germaniyada (Frankfurt) joylashgan.

Ma'lumotNima uchunQayerdaQancha saqlanadi
Hisob: ism, e-pochta, telefon, parol xeshikirish va profilbazamizhisob o'chirilguncha
Test javoblari va ballarnatija, statistika, reytingbazamizhisob o'chirilguncha
Yozma ishlar matni va to'liq tahlilnatijani qayta ochishbazamiz1 yil
Og'zaki javob yozuvimatnga aylantirishGroq (o'tib ketadi)saqlanmaydi
Og'zaki javob matnibaholash va tahlilbazamiz, baholash xizmati1 yil
Qo'lda yozilgan ish rasmibaholashbaholash xizmati (o'tib ketadi)saqlanmaydi; o'qib olingan matn — 1 yil
Mashq va lug'at progressi, «Xatolar daftari»qurilmalar orasida sinxronlashbazamizhisob o'chirilguncha
Imtihon oynasidan chiqishlar soniimtihon halolligibazamizhisob o'chirilguncha
«Ustoz» chat yozishmalarisavollaringizga javobbazamiz, baholash xizmatioxirgi xabardan 90 kun
To'lovlarobunani faollashtirish, hisob-kitobbazamiz, Clickhisob o'chirilgach — hisobga bog'lanmagan holda
Bildirishnoma identifikatori va sozlamalariilova bildirishnomalaribazamiz, Expohisobdan chiqqaningizda yoki o'chirganingizda
Aloqa formasi: ism, aloqa, xabar, IPjavob berish, spamdan himoyabazamiz, Telegramso'rovingiz bo'yicha o'chiriladi
Tashrif identifikatori va sahifa tashriflariumumlashtirilgan statistikabazamizhisob o'chirilgach — hisobga bog'lanmagan holda

Hamkor xizmatlar

Javoblarni baholash xizmatlaridan bir vaqtda bittasi ishlaydi: navbatdagisi faqat oldingisi ishlamay qolganda ishga tushadi. Hamkorlar ma'lumotlarni o'z maxfiylik shartlari asosida qayta ishlaydi; ayrimlari, ayniqsa to'lovsiz tariflarda, yuborilgan matnlardan o'z xizmatlarini yaxshilash uchun foydalanishi mumkin. Shu sababli javoblaringizda shaxsiy ma'lumotlar yozmang.

HamkorNima oladiNima uchunJoylashuvi
Renderserver orqali o'tadigan barcha so'rovlarserver-xostingGermaniya (Frankfurt)
Neonma'lumotlar bazasisaqlashGermaniya (Frankfurt)
Groqog'zaki javob yozuvlari, javob va chat matnlarinutqni matnga aylantirish, baholash, chatAQSh
Google (Gemini)javob va chat matnlari, ish rasmlaribaholash, chatAQSh
OpenRouterjavob va chat matnlari, ish rasmlarizaxira baholashAQSh
Mistraljavob va chat matnlarizaxira baholashFransiya
Cloudflarejavob va chat matnlari, ish rasmlarizaxira baholashAQSh
DeepSeekjavob va chat matnlarizaxira baholashXitoy
Clickto'lov summasi va buyurtma raqamito'lovO'zbekiston
Google (kirish)Google hisobi orqali kirishtizimga kirishAQSh
TelegramTelegram orqali kirish, bot xabarlari, murojaatlarkirish va aloqaxalqaro
Expo, Google Firebase, Applebildirishnoma identifikatori va xabar matniilova bildirishnomalariAQSh
Sentryilova xatolari haqida texnik hisobotxatolarni tuzatishYevropa Ittifoqi
Google Fonts, jsDelivr, Unsplash, Uzum, flagcdn, YouTubebrauzeringiz IP manzilishrift, rasm va video yuklashxalqaro

Kim nimani ko'radi

KimNimani ko'radi
Sizbarcha natijalaringiz, tahlillar va progress
Boshqa foydalanuvchilarreyting va haftalik ligada qisqartirilgan ismingiz, ball, daraja yoki XP
O'quv markazingiz (markaz kodi bilan ulangan bo'lsangiz)ism, e-pochta, telefon, oxirgi kirish, mashq ko'rsatkichlari, oxirgi natijalar ballari. Javoblaringiz matni ko'rinmaydi.
Markaz kompyuterida (kiosk)test oldidan kiritilgan ism-familiya bilan natijalar va ballar — markaz hisobotida va «Natijalar» oynasida
Platforma xodimlariqo'llab-quvvatlash va xavfsizlik uchun zarur hajmda, jumladan «Ustoz» chat yozishmalari

Savollar

Ma'lumotlaringiz haqida so'rash, ularni tuzatish yoki o'chirish uchun: Telegram @sinavmultilevel_bot, elektron pochta info@sinavmultilevel.uz, telefon +998 91 428 48 38. Hisobni o'chirish tartibi — alohida sahifada.