Hisobni o'chirish
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 2-oktabr
Hisobingizni va unga bog'liq ma'lumotlarni istalgan payt o'chirishingiz mumkin. Buning ikki yo'li bor.
Mobil ilovaning o'zida — darhol
«Sinav Multilevel» ilovasini oching va hisobingizga kiring → Profil bo'limiga o'ting → pastdagi «Hisobni o'chirish» tugmasini bosib, tasdiqlang. Hisob shu zahoti o'chiriladi va ilovadan chiqasiz.
Ilovasiz — so'rov yuborib
Ilovaga kira olmasangiz, hisobingizdagi elektron pochta (Telegram orqali kirgan bo'lsangiz — Telegram foydalanuvchi nomingiz) bilan quyidagi manzillardan biriga «Hisobimni o'chiring» deb yozing. Hisob egasi ekaningiz tasdiqlangach, so'rov 7 kun ichida bajariladi va sizga xabar beriladi.
- Telegram: @sinavmultilevel_bot
- Elektron pochta: info@sinavmultilevel.uz
Nimalar o'chiriladi
- hisob ma'lumotlari: ism, elektron pochta, Telegram identifikatori, parol xeshi, profil rasmi;
- test natijalari, yozish va gapirish tahlillari (gapirish javoblarining matni bilan);
- lug'at progressi, faollik tarixi, bildirishnoma identifikatorlari va yordamchi chat yozishmalari;
- qolgan baholash urinishlari va faol obuna (qaytarilmaydi).
Nimalar saqlanib qoladi
- to'lov yozuvlari — qonunchilik va buxgalteriya hisobi talabi bilan, hisobingizga bog'lanmagan holda;
- ishlatilgan kitob kodlarining «ishlatilgan» belgisi — kod qayta ishlatilmasligi uchun, ism va telefon raqamisiz.
Ovoz yozuvlari va yozma ish rasmlari serverda saqlanmaydi — ular faqat baholash paytida ishlatiladi. Batafsil: Maxfiylik siyosati.