Asosiy matnga o'tish
Sinav Multilevel

Foydalanish shartlari

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 2-oktabr

Ushbu shartlar sinavmultilevel.uz sayti, «Sinav Multilevel» mobil ilovasi va ular bilan bog'liq Telegram-botlardan (birgalikda — «Platforma») foydalanish tartibini belgilaydi. Platformada ro'yxatdan o'tish yoki undan foydalanish orqali siz ushbu shartlarga va Maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.

Qisqacha

  • Platforma — imtihonlarga tayyorlanish vositasi. Natijalar taxminiy va rasmiy imtihon natijasi o'rnini bosmaydi.
  • Hisob shaxsiy: uni boshqalarga berish va kitob kodlarini qayta sotish mumkin emas.
  • Test materiallari mualliflik huquqi bilan himoyalangan — ularni tarqatish taqiqlanadi.
  • To'lovlar Click orqali, avtomatik yechib olinmaydi — obunani o'zingiz uzaytirasiz.

1. Atamalar

2. Platforma va xizmatlar

Platforma Multilevel (CEFR) va IELTS formatidagi imtihonlarga tayyorlanish uchun mashq testlari, mock imtihonlar, darslar, lug'at mashqlari hamda yozma va og'zaki javoblarni avtomatik baholash xizmatini taqdim etadi.

Platforma imtihon o'tkazuvchi davlat tashkilotlari yoki IELTS hamkorlari bilan bog'liq emas va ular nomidan ish ko'rmaydi. Platformadagi natijalar sertifikat yoki rasmiy imtihon natijasi hisoblanmaydi.

Xizmatlar tarkibi, testlar va dizayn vaqt o'tishi bilan yangilanishi mumkin.

3. Hisob

4. Tariflar, kitob kodlari va to'lovlar

5. Foydalanish qoidalari

Platformadan foydalanganda quyidagilar taqiqlanadi:

Qoidabuzarlik aniqlansa, ogohlantirishsiz hisob cheklanishi yoki o'chirilishi mumkin.

6. Intellektual mulk

Platformadagi testlar, matnlar, audio va video materiallar, dizayn va logotip bizga yoki litsenziarlarimizga tegishli va «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida»gi Qonun bilan himoyalangan. Sizga ulardan faqat shaxsiy, notijorat o'quv maqsadida foydalanish huquqi beriladi.

Siz yozgan javoblar va ovozli javoblaringiz matni sizga tegishli bo'lib qoladi. Ularni baholash, natijani ko'rsatish va xizmatni yaxshilash uchun Maxfiylik siyosatida yozilgan doirada qayta ishlashimizga ruxsat berasiz.

7. Avtomatik baholash va natijalar

8. O'quv markazlari uchun

9. Javobgarlikni cheklash

10. Hisobni to'xtatish va o'chirish

Hisobingizni istalgan payt o'zingiz o'chirishingiz mumkin — tartibi Hisobni o'chirish sahifasida. Ushbu shartlar buzilganda biz hisobni vaqtincha cheklashimiz yoki o'chirishimiz mumkin.

11. Shartlarning o'zgarishi

Shartlar yangilanishi mumkin. Joriy tahrir sanasi sahifa boshida ko'rsatiladi, muhim o'zgarishlar haqida Platformada xabar beriladi. O'zgarishlardan keyin Platformadan foydalanishni davom ettirish yangi tahrirga rozilikni bildiradi.

12. Nizolarni hal qilish

Ushbu shartlar O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi. Kelishmovchiliklar avvalo muzokara yo'li bilan hal qilinadi: murojaatingizga 10 ish kuni ichida javob beramiz. Kelishuvga erishilmasa, nizo O'zbekiston Respublikasi sudlarida ko'rib chiqiladi.

13. Bog'lanish va rekvizitlar